Ushbu hujjat Starex bilan integratsiya qilmoqchi bo'lgan tashqi tizimlar uchun. U webhook bildirishnomalari va jo'natma holatlarini olish uchun API'larni tavsiflaydi.
Bazaviy URL va Basic-Auth (login/parol) ma'lumotlari Starex tomonidan beriladi.
Quyida bazaviy URL {BASE_URL} deb belgilangan.
Jo'natmaning holati (status) o'zgarganda Starex siz bergan URL ga avtomatik HTTP POST so'rov yuboradi. Shu orqali siz holat o'zgarishlarini real vaqtda olasiz.
Integratsiyani boshlash uchun Starex'ga quyidagini taqdim etasiz:
https://sizning-domeningiz.uz/starex/webhook).Starex sizning URL'ingizga quyidagi so'rovni yuboradi:
POST {SIZNING_WEBHOOK_URL}
Content-Type: application/json
Tana (JSON):
{
"barcode": "AB123456789UZ",
"state": 12,
"statetime": "2026-06-15 14:30:00"
}
| Maydon | Tur | Tavsif |
|---|---|---|
barcode | string | Jo'natmaning shtrix-kodi |
state | integer | Holat kodi (kodlarning ma'nosi — 3-bo'lim: Statuslar ro'yxati API) |
statetime | string | Holat o'zgargan sana-vaqt |
Webhook'dagi state kodlarining ma'nosini bilish uchun barcha mavjud
holatlar ro'yxatini qaytaradi.
GET
{BASE_URL}/api/v1/dictionaries/states
Avtorizatsiya: Basic Auth.
GET {BASE_URL}/api/v1/dictionaries/states
Authorization: Basic base64(login:parol)
Accept: application/json
Javob (200) — namuna (ro'yxatning bir qismi):
{
"success": true,
"data": [
{ "code": 0, "name": "Ожидает синхронизации", "advanced": "AWAITING_SYNC" },
{ "code": 1, "name": "Новый", "advanced": "NEW" },
{ "code": 9, "name": "Доставлен", "advanced": "COMPLETE" }
]
}
| Maydon | Tur | Tavsif |
|---|---|---|
code | integer | Holat kodi (webhook'dagi state bilan bir xil) |
name | string | Holat nomi (rus tilida qaytadi) |
advanced | string | Barqaror, til-neytral kod (mashina kodi) |
advanced — har bir holatga biriktirilgan matnli (mnemonik)
kod, masalan NEW, PICKUP, DELIVERY,
COMPLETE. U code bilan birga holatni dasturiy aniqlash
uchun qulay; name esa ko'rsatish uchun (rus tilida).
Bitta jo'natma (zakaz) bo'yicha holatlar tarixini shtrix-kod orqali qaytaradi.
GET
{BASE_URL}/api/v1/order/trace
Avtorizatsiya: Basic Auth.
| Parametr | Tur | Majburiy | Tavsif |
|---|---|---|---|
barcode | string | Ha | Jo'natmaning shtrix-kodi |
GET {BASE_URL}/api/v1/order/trace?barcode=AB123456789UZ
Authorization: Basic base64(login:parol)
Accept: application/json
Javob (200):
{
"success": true,
"data": {
"barcode": "AB123456789UZ",
"date": "2026-06-10 09:00:00",
"weight": 1.5,
"recipient": "Ism Familiya",
"trace": [
{ "code": 1, "name": "Новый", "advansed": "NEW", "statetime": "2026-06-10 09:00:00" },
{ "code": 9, "name": "Доставлен", "advansed": "COMPLETE", "statetime": "2026-06-15 14:30:00" }
]
}
}
| Maydon | Tur | Tavsif |
|---|---|---|
barcode | string | Jo'natmaning shtrix-kodi |
date | string|null | Qabul qilingan sana |
weight | number|null | Og'irligi |
recipient | string|null | Qabul qiluvchi |
trace[] | array | Holatlar tarixi (vaqt bo'yicha) |
trace[].code | integer | Holat kodi |
trace[].name | string|null | Holat nomi |
trace[].advansed | string|null | Qo'shimcha izoh |
trace[].statetime | string|null | Holat vaqti |
Xatolik (masalan shtrix-kod topilmasa) quyidagi ko'rinishda qaytadi:
{
"success": false,
"error": { "code": 422, "message": "..." }
}