Starex Pay

Starex Pay — to'lov sahifasi. Siz xaridorni buyurtma raqami va summasi bilan shu sahifaga yo'naltirasiz, u to'lov usulini tanlab to'laydi. To'lov tizimlari bilan ishlashni Starex Pay o'z zimmasiga oladi — sizga bitta havola yasash va ikkita endpoint yozish qoladi.

1. Umumiy

PAY_URL va SECRET_KEY Starex tomonidan beriladi; prepare va complete manzillarini siz Starex'ga berasiz.

Ma'lumotTavsif
PAY_URLTo'lov sahifasining bazaviy manzili
SECRET_KEYImzo uchun maxfiy kalit — faqat server tomonida ishlatiladi
prepare URLBuyurtmani tekshirish endpointi
complete URLTo'lovni tasdiqlash endpointi

2. Ishlash sxemasi

Xaridor Sizning saytingiz Starex Pay To'lov tizimi 1. Buyurtma beradi 2. To'lov havolasiga yo'naltiradi 3. GET /checkout (order_id, amount, sign) 4. To'lov usullari sahifasi 5. Usulni tanlaydi 6. POST prepare 7. error = 0, prepare_id 8. To'lov sahifasiga yo'naltiradi 9. To'lovni tasdiqlaydi 10. To'lov qabul qilindi 11. POST complete 12. error = 0, confirm_id 13. Natija sahifasi

yashil so'rovlar — siz yozadigan endpointlar; qolganini Starex Pay o'zi bajaradi.

4. So'rovlar

Har ikki so'rov ham JSON tanasi bilan POST orqali yuboriladi. Javob HTTP 200 bo'lishi va 10 soniya ichida qaytishi shart.

Prepare

POST {SIZNING_PREPARE_URL}

{
  "ext_trans_id": 1042,
  "ext_payment_id": 3311,
  "order_id": "A-10245",
  "amount": 4500000,
  "action": 0,
  "sign_time": "2026-07-28 14:05:21",
  "sign_string": "9c2f...b81d"
}
MaydonTurTavsif
ext_trans_idintegerStarex Pay tizimidagi to'lov raqami
ext_payment_idintegerStarex Pay tizimidagi tranzaksiya raqami
order_idstringSizning tizimingizdagi buyurtma raqami
amountintegerTo'lov summasi (tiyinda)
actionintegerBajarilayotgan amal. 0 — Prepare
sign_timestringSo'rov vaqti. Format YYYY-MM-DD HH:MM:SS
sign_stringstring Tekshiruv satri (SHA-256):
sha256(ext_trans_id + SECRET_KEY + order_id + amount + action + sign_time)
Javob
{
  "error": 0,
  "error_note": "OK",
  "prepare_id": "778812"
}
MaydonTurTavsif
errorintegerAmal natijasi. 0 — muvaffaqiyatli
error_notestringNatija izohi
prepare_idstringSizning tizimingizdagi to'lov identifikatori

Complete

POST {SIZNING_COMPLETE_URL}

{
  "ext_trans_id": 1042,
  "ext_payment_id": 3311,
  "order_id": "A-10245",
  "prepare_id": "778812",
  "amount": 4500000,
  "action": 1,
  "sign_time": "2026-07-28 14:07:03",
  "sign_string": "1ae4...7c02"
}
MaydonTurTavsif
ext_trans_idintegerStarex Pay tizimidagi to'lov raqami
ext_payment_idintegerStarex Pay tizimidagi tranzaksiya raqami
order_idstringSizning tizimingizdagi buyurtma raqami
prepare_idstringSizning tizimingizdagi to'lov identifikatori, prepare so'roviga javoban qaytarilgan
amountintegerTo'lov summasi (tiyinda)
actionintegerBajarilayotgan amal. 1 — Complete
sign_timestringSo'rov vaqti. Format YYYY-MM-DD HH:MM:SS
sign_stringstring Tekshiruv satri (SHA-256):
sha256(ext_trans_id + SECRET_KEY + order_id + prepare_id + amount + action + sign_time)
Javob
{
  "error": 0,
  "error_note": "OK",
  "confirm_id": "990145"
}
MaydonTurTavsif
errorintegerAmal natijasi. 0 — muvaffaqiyatli
error_notestringNatija izohi
confirm_idstringSizning tizimingizdagi tasdiqlash identifikatori

complete javobida qaytarilgan xatolik to'lovni muvaffaqiyatsiz deb belgilaydi.

5. Qaytariladigan xato kodlari

KodXaridor ko'radigan xabarQachon qaytariladi
0Amal muvaffaqiyatli bajarildiHammasi joyida
-1To'lovni tekshirib bo'lmadisign_string mos kelmadi
-2To'lov summasi noto'g'riamount buyurtma summasiga teng emas
-3So'ralgan amal mavjud emasaction qiymati noma'lum
-4Bu buyurtma allaqachon to'langanTakroriy to'lov urinishi
-5Buyurtma topilmadiorder_id bo'yicha buyurtma yo'q
-6Tranzaksiya topilmadiprepare_id bo'yicha to'lov topilmadi
-7Buyurtmani yangilab bo'lmadi, qayta urinib ko'ringIchki nosozlik
-8Noto'g'ri to'lov so'roviMajburiy maydon yetishmayapti
-9Bu tranzaksiya allaqachon bekor qilinganBekor qilingan to'lovni davom ettirish urinishi

Ro'yxatda yo'q kod muvaffaqiyatsiz to'lov sifatida qaraladi.