Webhook

Jo'natmangizning holati o'zgarganda Starex sizning serveringizga avtomatik bildirishnoma yuboradi.

1. Umumiy

Jo'natmaning holati o'zgarganda Starex siz bergan URL ga HTTP POST so'rov yuboradi. So'rov ichida jo'natmaning shtrix-kodi, yangi holat kodi va holat vaqti bo'ladi.

Ulanish uchun Starex'ga webhook URL'ingizni berasiz (masalan https://sizning-domeningiz.uz/starex/webhook) — shundan keyin faqat sizning jo'natmalaringiz bo'yicha bildirishnoma keladi.

2. So'rov

POST {SIZNING_WEBHOOK_URL}
Content-Type: application/json
{
  "barcode": "AB123456789UZ",
  "state": 9,
  "statetime": "2026-06-15 14:30:00"
  "description": "Qabul qilindi"
}
MaydonTurTavsif
barcodestringJo'natmaning shtrix-kodi (buyurtma yaratishda qaytgan order_code)
stateintegerYangi holat kodi
statetimestringHolat o'zgargan sana-vaqt, YYYY-MM-DD HH:MM:SS
descriptionstring|nullHolat bo'yicha eslatma

state kodlarining ma'nosi — holatlar ma'lumotnomasida (GET /api/v2/dictionaries/states). Jo'natma haqidagi qo'shimcha ma'lumot barcode bo'yicha trace so'rovidan olinadi.

3. Javob

So'rovni qabul qilganingizni bildirish uchun HTTP 200 qaytaring. Javob tanasi ahamiyatsiz.

Sizning javobingizNatija
200Yetkazilgan hisoblanadi
Boshqa har qanday kod (2xx, 3xx, 4xx, 5xx)Muvaffaqiyatsiz — qayta yuboriladi
Javob 5 soniyada kelmasaMuvaffaqiyatsiz — qayta yuboriladi
  • So'rov taymauti — 5 soniya.
  • Muvaffaqiyatsiz bo'lsa 5 martagacha qayta yuboriladi, keyin bildirishnoma yuborilmaydi.
  • Qayta yuborish sababli bir xil holat bir necha marta kelishi mumkin; takrorlanishni barcode + state + statetime bo'yicha aniqlash mumkin.